Huawei Health va maxfiylik haqida bayonnoma
Oxirgi yangilanish sanasi: 2019-yil, 1-oktabr
Huawei Health professional fitnes murabbiyligi va salomatlik xizmatlaridan tashqari bir qator salomatlik va fitnes holatini kuzatish funksiyalarini ham taqdim etadi. Bu ilova ishlatish paytida Internetga ulanadi hamda quyidagi ruxsatlar yoki funksiyalardan foydalanishni talab qiladi: Joylashuv axboroti, Bluetooth, Kamera, Mikrofon, Kontaktlar, Chaqiruvlar jurnallari, Telefon va Xotira. Shuningdek, u quyidagi axborotlarni olishi va qayta ishlashi zarur:
• Qurilma va tarmoq haqidagi axborot, jumladan, qurilmangiz identifikatori, qurilma sozlamalari, IP manzil va tarmoq turi.
• Shaxsiy ma’lumotlar, jumladan, yanada aniq ma’lumot taqdim etishda ilovaga yordam beruvchi HUAWEI ID hisobingiz hamda bo‘yingiz va vazningiz haqidagi ma’lumotlar.
• Fitnes axboroti, jumladan, qurilma joylashuv axboroti, mashqlar yo‘nalishi, turi va davomiyligi, qadamlar soni, bosilgan masofa, sarflangan kaloriya, balandlikka chiqish, VO2maks va yurak urishi haqidagi axborotlar. Bu ma’lumotlar saqlash va ko‘rsatish maqsadida olinadi.
• Salomatlik haqidagi maʼlumotlar, jumladan, uyqu, yurak urishi, charchoq hamda tanadagi yogʻ miqdori saqlash va ko‘rsatish maqsadida olinadi.
Salomatlik va fitnes axborotingiz tarkibida shaxsiy maʼlumotlar bor. Bu maʼlumotlardan foydalanish usuli – jumladan, ularning Huawei Health Cloud xizmatiga yuklangan yoki yuklanmagani, qayerga yuklangani va kim tomonidan boshqarilishi – manzilingiz, siz tanlagan mamlakat/mintaqa yoki siz taqdim qilgan hisobga kirish axborotlari. Tafsilotlar uchun Men > Sozlamalar > Maxfiylik sozlamalari rukniga kiring.
Agar yuqoridagi maʼlumotlarni taqdim etish yoki tegishli ruxsatlarni berishga rozilik bermasangiz, bu ilova kutilganidek ishlamaydi. Yuqoridagi axborotlarni olish va foydalanishni hamda bergan ruxsatlaringizni bekor qilish uchun ilovani oʻchirib tashlang yoki Men > Sozlamalar > Maxfiylik sozlamalari rukniga kiring va ulashishni xohlamagan axborotlaringizga tegishli tugmalarni faolsizlantiring.